1

"O`zbekiston tarafga 5 ta raketa otildi"

Jamiyat 05.07.2022, 20:09
"O`zbekiston tarafga 5 ta raketa otildi"

Tashqi ishlar vazirligi O`zbekiston—Afg`oniston chegarasida yuz bergan holat bo`yicha bayonot berdi.

Ma`lum qilinishicha, bugun soat 16:20 atrofida O`zbekiston bilan chegaradosh hududda Afg`oniston hududidan uchib ketgan deb taxmin qilingan beshta raketa qayd etildi. Snaryadlar tushganda portlashlar sodir bo`lmagan, qurbonlar hamda vayronagarchiliklar kuzatilmagan.

"Termiz shahridagi “Majnuntol” mahallasida joylashgan to`rtta xususiy uyga kichik zarar etgan, beshinchi snaryad futbol maydonidan topilgan. Topilgan snaryadlar maxsus bo`linma tomonidan zararsizlantirildi",-deyiladi xabarda.

Hozirda O`zbekistonning vakolatli organlari Afg`oniston tomoni bilan birgalikda ushbu hodisa sabablarini aniqlash bo`yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirayotgani aytilmoqda.

Dilbar Abdunabieva.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1