AsosiyJamiyat

Surxondaryoda Yunon-Baqtriya tarixi muzeyi tashkil etilmoqda

Surxondaryo viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi, Boysun tumani hokimligi va tuman...

'Surxondaryoda Yunon-Baqtriya tarixi muzeyi tashkil etilmoqda'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi, Boysun tumani hokimligi va tuman kadastr bo`limlari xodimlaridan iborat ishchi guruh Yunon-Baqtriya tarixi muzeyini tashkil etish bo`yicha dastlabki ishlarni boshladi.

Bu haqda Turizm va madaniy meros agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, dastlab muzey uchun ajratilgan joylarning koordinatlari aniqlanib, hudud xaritasiga kiritilgan. 21x14 metr maydonda muzey loyihasini tuzish bo`yicha kelishib olingan.

Shu bilan birga, Madaniy meros agentligi tomonidan yodgorlikning muhofaza hududini belgilash, ob`ektni pasportlashtirish, restavrasiya va konservasiya qilish bo`yicha ham loyihalar tayyorlanmoqda",-deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar