AsosiySport

Qatardagi Jahon chempionatiga alkogol olib kirish taqiqilanadi

Mamlakatda jamoat joylarida spirtli ichimliklar ichish taqiqlangan, spirtli ichimliklarni...

'Qatardagi Jahon chempionatiga alkogol olib kirish taqiqilanadi'ning rasmi

Mamlakatda jamoat joylarida spirtli ichimliklar ichish taqiqlangan, spirtli ichimliklarni faqat ma`lum mehmonxonalar va klublarda sotib olish mumkin. Shu sababli 2022-yilgi jahon chempionatida ham spirtli ichimliklar bilan futbol maydoniga kiritilmaydi. Bu haqda Zamon internet nashri yozmoqda.

Biroq Qatarda muxlislarga stadionlar yaqinidagi alohida fan-zonalarda pivo sotib olish va iste`mol qilishga ruxsat berildi.

Ta`kidlash joizki, tashkilotchilar katta moliyaviy yo`qotishlarga qaramay, taqiqni davom ettirishdi. Jahon chempionati paytida spirtli ichimliklar sotish eng katta daromad keltiruvchi manba hisoblanadi.

Eslatib o`tamiz, Qatarda bo`lib o`tadigan JCh-2022  21 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar