2022 yil 11-12 iyul kunlari tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov boshchiligidagi O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi Rossiya Federasiyasiga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif doirasida Rossiya parlamenti, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa idoralarda qator uchrashuvlar va muzokaralar o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, dasturda rossiyalik ekspertlar, vatandoshlar, o`zbek diasporasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida davra suhbati uyushtirilishi ham ko`zda tutilgan.






