AsosiySiyosat

Aziz Abduhakimov Sindzo Abe xotirasiga hurmat bajo ayladi

'Aziz Abduhakimov Sindzo Abe xotirasiga hurmat bajo ayladi'ning rasmi

Bosh vazir o`rinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Yaponiyaning  O`zbekistondagi elchixonasida bo`lib, Sindzo Abe xotirasiga hurmat bajo ayladi.

Qayd etish joizki, Sindzo Abe Yaponiya tarixida eng uzoq muddat Bosh vazir lavozimida faoliyat yuritgan va mamlakat rivojiga ulkan hissa qo`shgan siyosiy arbob bo`lgan. O`zbekiston va Yaponiya o`rtasidagi munosabatlarning mustahkam poydevorga ega bo`lishda ham marhumning xizmatlari kattadir.

Kuni kecha 67 yoshida bu dunyoni tark etgan Sindzo Abening vafoti munosabati bilan butun dunyodan hamdardlik bildirilmoqda. Sindzo Abe Yaponiya va, umuman, jahon tarixida etuk siyosiy arbob hamda adolatli rahbar sifatida muhrlanib qoladi.

    Boshqa yangiliklar