O`zbekistonlik o`quvchilar karate WUKF bo`yicha Mayamida o`tgan musobaqada Jahon chempioni bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi matbuot xizmati ma`lum qildi.



Joriy yilning 2-7 iyul kunlari Amerika Qo`shma Shtatlari Mayami shahrida Karate WUKF bo`yicha Jahon chempionati bo`lib o`tdi.
Mazkur musobaqada Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 34-sonli maktabning 5-sinf o`quvchisi Fazliddin Faxriddinov hamda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 6-sonli maktabning 8-sinf o`quvchisi Shoxobiddin Shodmonxonov 2 ta oltin medalni qo`lga kiritib, mutloq Jahon chempioni bo`ldi.






