Toshkent viloyati hududida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish va sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish hamda jinoyatga jazo muqarrarligini ta`minlash borasidagi tadbirlar davom ettirilib kelinmoqda.
Xususan, yilning o`tgan 6 oyi davomida o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Toshkent viloyati IIBB YPX xodimlari tomonidan jinoyat sodir etib, qidiruvda bo`lgan 9 nafar shaxs aniqlanib, ushlangan.
Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qidiruvga berilgan 313 ta avtotransport vositasi ushlanib, tegishli tartibda chora ko`rilishi ta`minlangan.
Bundan tashqari, tadbirlar davomida Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan jami 11 ta holatda 1 827 gr (opiy, gashish, marixuana va psixotrop moddalar) giyohvandlik vositalari aylanmasiga chek qo`yilgan.






