AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda joriy yilning 6 oyi davomida 25 mingga yaqin murojaatchi kadastr hujjatiga ega bo`ldi

'Qashqadaryoda joriy yilning 6 oyi davomida 25 mingga yaqin murojaatchi kadastr hujjatiga ega bo`ldi'ning rasmi

2022 yilning o`tgan 6 oyi davomida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va uning tuman, shahar filiallari tomonidan 24,8 ming ta, shundan  22,5 ta  jismoniy shaxslarga tegishli va 2,3 ta yuridik shaxslarga tegishli  bo`lgan er uchastkalari va ko`chmas mulklariga kadastr pasporti tayyorlab berildi.

Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi boshlig`i G`ayrat Hamroev ma`lum qildi.

Shuningdek, viloyatda 22,8 mingta Er uchastkalari va ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlar hamda tuzilgan bitimlar  va 880 ta Qurilishi yakunlangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish haqidagi dalolatnomalar davlat ro`yxatidan o`tkazilgan.

Bundan tashqari, tadbirkorlik maqsadlari uchun Qashqadaryo viloyatida 2 193 ta er uchastkalari ochiq elektron onlayn ausion savdolariga qo`yilgan.

Qishloq xo`jalik maqsadlarida dehqon xo`jaligi tashkil etish uchun onlayn elektron tanlov orqali 10,8 ming ta er maydonlari auksion savdolariga yuborilgan.

Bunda har bir murojaat Davlat xizmatlari markazlari hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali saytlari orqali elektron ko`rinishda qabul qilinib ijrosi ta`minlandi va soha xodimlari bilan fuqarolar o`rtasidagi inson omili aralashuvining qisqarishi, odamlarning ortiqcha ovvoragarchiligining oldi olinishi hamda eng asosiysi korrupsion illatlarni keltirib chiqaruvchi holatlarning bartaraf etilishiga erishildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar