Toshkentda 27 yshli yigit elektrosamokatda ariqqa tushib ketib, vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning 5 iyul kuni kuni taxminan soat 01:55 larda, Shayxantohur tumani, Qoratosh ko`chasida 1995 yilda tug`ilgan, fuqaro S.V. elektrosamokatda harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo`qotgan va yo`ldan chiqib, ariqqa tushib ketgan.
Hodisa natijasida, elektrosamokat haydovchisi og`ir tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Biroq tibbiyot xodimlari tomonidan ko`rsatilgan muolajalariga qaramay, 11 iyul kuni vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.