AsosiySport
8563

Krishtianu Ronaldu sohibjamol Jennifer Lopesning tug`ilgan kunida mehmon bo`ldi

Shu kunlarda Las-Vegasda ta`tilini o`tkazayotgan “Real Madrid” klubi etakchisi Krishtianu Ronaldu taniqli xonanda va aktrisa Jennifer Lopesning tug`ilgan kunida mehmon bo`ldi.

Kecha, 24 iyul sanasida Jey Lo 47 yoshini qarshi oldi. Portugaliyalik futbol yulduzi ham uning ziyofat kechasida qatnashdi. Ronaldu Jennifer Lopes bilan tushgan suratini o`zning “Instagram” ijtimoiy tarmog`iga yukladi va “Tug`ilgan kuning muborak Jey!” deya izoh qoldirdi.

Biroz avval Krishtianu Ronaldu qoidasiz janglar kurashchisi Konor Mangregor bilan uchrashgani haqida xabar qilgandik

Boshqa yangiliklar