AsosiySport
4130

“Real” uchta o`rtoqlik o`yinidan 12 million evro ishlab oladi

“Real Madrid” jamoasi International Champions Cup norasmiy turnirdagi uchta o`rtoqlik o`yinidan jami 12 million evro mablag` ishlab oladi.

O`tgan yili madridliklar Avstraliya va Xitoy davlatlaridagi ishtiroki uchun 20 million evro foyda ko`rgandi.

Ta`kidlash kerakki, jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan rahbariyatdan mavsumoldi paytida ko`p parvozlar qilmaslikni so`ragan. Ko`p miqdordagi parvozlar futbolchilarning jismoniy holatiga ta`sir o`tkazishi mumkin. 

Boshqa yangiliklar