AsosiySport
4513

Devid Bekxem “Real” klubining elchisiga aylanishi mumkin

Madridning “Real” klubi sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem “Qirollik klubi”ga qaytishi va u erda ma`muriy lavozimlardan birini egallashi mumkin. Bu haqda Championat.com xabar bermoqda.

The Sun nashrining tarqatgan ma`lumotiga ko`ra, “Real” rahbariyati sobiq futbolchisiga jamoa elchisi bo`lishni taklif qildi. Angliya terma jamoasi sobiq sardorining vazifasi turli marosimlarda “Real” vakili bo`lishdan iborat bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, Devid Bekxem 2003–2007 yillar davomida “Real”da to`p surgan. Madridliklar safida u 155 o`yin o`tkazib, 20 ta gol kiritgan.

Shuningdek, u futbolchilar faoliyati davomida “Manchester Yunayted”, “PSJ”, “Milan” va “Los-Anjeles” kabi klublar sharafini himoya qilgan. 

Boshqa yangiliklar