AsosiySUG'DIYONA
14640

Or-nomus qurboniga aylangan ayollar taqdiridan so`zlovchi suratlar

Pokiston parlamenti or-nomus uchun qotillikka qo`l urayotgan fuqarolarni jazolash yuzasidan shoshilinch ravishda yangi qonun loyihasi ustida ish olib bormoqda, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.  

Bunga mamlakatning mashhur fotomodellaridan birining ijtimoiy tarmoqqa surat joylagani uchun akasi tomondan bo`g`ib o`ldirilganligi sabab bo`ldi. Har yili islom mamlakatlarida minglab ayollar turmush o`rtog`i, ota-onasi va boshqa qarindoshlari tomonidan boshqalarning jimgina kuzatuvi ostida turli jismoniy qiynoqlarga solinadi.

Acid Survivors Trust International jamg`armasining bergan ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha, har yili ayollarga nisbatan kislota sepish orqali 1500 hujum uyushtirilib, buning oqibatida ular sochidan, ko`z nuridan, eshitish qobiliyatidan, go`zalligidan judo bo`ladilar. Shunday hodisalarning 250-300 tasi aynan Pokiston mamlakatida ro`y beradi. Pokistonlik ayollarga nafaqat oila a`zolari, tanishlari, qarindoshlari, balki etti yot begona odamlar ham hujum qilaveradi. Ayolning jazolanishiga birgina nigohi, qaysidir qilig`i erkakka yoqmaganligi, bolalarini sotishdan bosh tortishi yoki yoqtirmagan odamiga turmushga chiqishga qarshilik qilgani sabab bo`lishi mumkin.

Ayolga nafaqat kislota sepiladi, balki tiriklay yoqib yuborilishi, burni, labi, qulog`i kesilishi kabi choralar ham qo`llanilishi mumkin, bunday jismoniy qiynoqlarga solingan ayollarning aksariyat qismi halok bo`ladi. Tirik qolganlari esa ijtimoiy hayotdan uzoqlashib, yolg`izlikda kun kechirishga majbur bo`ladi. Ba`zilari esa depressiyaga tushib, o`z joniga qasd qiladi. 

2010 yilda Milliy assambleya tomondan kislota sotilishini chegaralash, uni sepgan odamni jazolash haqida qonun qabul qilinganiga qaramay, bunday jinoyatlarni amalga oshirgan odamlar jazolanmay kelmoqda. Sud va eskilik tarafdori bo`lgan jamoatchilik ayollarni qiynoqqa solayotgan erkaklarni himoya qilib, shariat qonun-qoidalarini yoqlamoqdalar. Polisiya ham “oilaviy ishlar”ga aralishishni istamaydi.

Yaqin Sharq mamlakatlari fuqarolari G`arbga ko`chib ketgan taqdirida ham, o`zlari bilan birga oilasidagi ayollarga zo`ravonlik qilish an`analarini olib ketmoqdalar. Masalan, Buyuk Britaniya huquq-tartibot idorasi bergan ma`lumotga ko`ra, 2010 dan 2014 yilga qadar Qo`shma qirollikda or-nomusni himoya qilish uchun ayollarga zo`ravonlik ishlatish bo`yicha 11 744 ta jinoyat sodir etilgan. 

Pokistonning Lahor shahridan bo`lgan Saira Liakat hozir 29 yoshda, suratga tushgan vaqtda 22 yoshda bo`lgan. 2003 yilda oilaviy janjal tufayli kislota sepilgan.
To`y arafasida kuyovning opasi kelin tomon to`y uchun ko`p narsa so`radi deb, janjal ko`targan va ukasini Sairaga uylanmaslikka undagan. Oqibatda 18 yoshli qiz ikki o`t orasida qolgan … 

Iram Said o`zi yoqtirmagan insonga turmushga chiqishni istamagandan keyin rad etilgan kuyov tomonidan yuziga kislota sepilgan. Qasoskor “kuyov”ning qilgan ishidan keyin qiz ko`zlaridan ayrilgan. “Bu azoblarni boshimdan o`tqazishim juda qiyin bo`ldi, ammo yashashga qaror qildim. Jinoyatchiga har qancha jazo berilmasin, u mening sog`ligimni, go`zalligimni qaytara olmaydi”, deydi qiz. 

Suratdagi kambojalik Sokren Min 36 yoshda. Qo`lida esa, kislota sepilishidan sal oldin, 18 yoshida tushgan suratini tutib turibdi. Kislotani turmush o`rtog`ining sobiq rafiqasi sepgan. (Sokren turmush o`rtog`idan ajrashgan). Qiz go`zalligini qaytarish uchun emas, balki tirik qolish uchun 20 marta jarrohlik stoliga yotgan. Bunda Minga Cambodian Acid Survivors Charity nafaqat tibbiy muolajalarda , balki boshpana topishda ham yaqindan yordam berdi.

Boshqa yangiliklar