1

O`zbekistonlik dzyudochilar Osiyo chempionatida 14 ta medalni qo`lga kiritishdi

Sport 21.07.2022, 21:44
O`zbekistonlik dzyudochilar  Osiyo chempionatida 14 ta medalni qo`lga kiritishdi

Bugun Talandda dzyudo bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasida Osiyo chempionati o`z yakuniga etdi, deya xabar bermoqda Sportni rivojlantirish vazirligi.

Ma`lum qilinishicha, musobaqaning so`nggi ikki kuni yoshlar jami 14 ta vazn toifasida g`oliblik uchun tatamiga chiqishdi. Bugungi bellashuvlar og`ir vazn toifalarida kechdi va unda O`zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza medaliga ega chiqdi.

Qit`a chempionati yakunida esa Kamol Murodov va Iskandar Rasulov murabbiyligidagi o`zbekistonlik dzyudochilar 5 ta oltin, 1 ta kumush, 8 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 15 davlat orasida ikkinchi o`rinni qo`lga kiritishdi. 

"Janubiy Koreya terma jamoasi 6 ta oltin, 1 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan bu borada birinchi bo`lishdi. Kuchli uchlikka 2 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan Qozog`ston terma jamoasi yakun yasab berdi",-deyiladi vazirlik xabarida.

Quyida shohsupaga ko`tarilganlar bilan tanishing:

Oltin medal:

-48 kg: Halimajon Qurbonova,

-66 kg: Azizbek Ortiqov,

-57 kg: Shukurjon Aminova,

-90 kg: Jahongir Mamatrahimov,

+100 kg: Islombek Ravshanqulov.

Kumush medal:

+100 kg: O`tkirbek To`raboev.

Bronza medal:

-52 kg: Umida Jumaniyozova,

-63 kg: Farangiz Rejepova,

-70 kg: Shahlo Egamberganova,

-78 kg: Irisxon Qurbonboeva,

+78 kg: Mohinur Parmonova,

-73 kg: Hojiakbar Toshev,

-81 kg: Nurbek Murtazoev,

-100 kg: Muhammadqodir Mansurov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1