AsosiySport
9816

Krishtianu Ronaldu italiyalik model qizga oshiq bo`lib qoldimi?

Uch karra “Oltin to`p” sohibi Krishtianu Ronaldu Ibisadagi restoranlarning birida italiyalik model Kristina Buchchino bilan uchrashdi. Bu haqda Sports.uz xabar bermoqda.

Futbolchining bu ishi darrov ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo`ldi. Nima gap ekanini so`ragan muxlislarga futbolchi ham, Kristina Buchchino ham aniq javob bermadi.

“Men restoranga kelganimda Ronaldu o`sha erda edi. Ko`z ko`zga tushdi va men uning kechki ovqatga taklifini qabul qildim. Ronaldu zo`r yigit ekan”, – dedi Kristina Buchchino.

Krishtianu Ronaldu dam olish jarayonida tinmay turli voqealar markaziga tushib qolmoqda. Bir necha kun avval u selfi tushishga intilgan muxlisini turtib yuborib, kibrlik va manmanlikda ayblangandi.

Boshqa yangiliklar