AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Sergey Lavrovni qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev Sergey Lavrovni qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig`ilishlarida ishtirok etayotgan Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi. 

Uchrashuvda O`zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar batafsil ko`rib chiqildi.

Mintaqadagi vaziyatning rivojiga hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik jihatlariga, shu jumladan ShHT sammitiga tayyorgarlik masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Eslatib o`tamiz, bugun O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo`lib turgan Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluni qabul qilgan edi. 

    Boshqa yangiliklar