AsosiySport
4477

“Real” ikkinchi tarkib bilan “Chelsi”ni mag`lubiyatga uchratdi

Madridning “Real” jamoasi International Champions Cup–2016 o`rtoqlik turniri doirasida Angliyaning “Chelsi” klubiga qarshi bahs olib bordi.

Mazkur o`yinda madridliklar 3:2 hisobida g`alaba qozonishga muvaffaq bo`lishdi. “Real” safida gollarni Marselo (2 ta) va Dias urdi. “Chelsi”da Eden Azar dubl qayd etdi.

Ta`kidlash kerakki, “Real” ushbu o`yinda deyarli ikkinchi tarkib futbolchilari bilan o`ynadi.

International Champions Cup–2016

"Real" (Ispaniya) – "Chelsi"​ (Angliya) – 3:2 (3:0)

Gollar: 1:0 – Marselo (19), 2:0 – Marselo (26), 3:0 – M. Dias (37), 3:1 – Azar (80), 3:2 – Azar (90+1).

"Real": Kasilya (Yanes, 64), Nacho (Xakimi, 76), Varan (Linxart, 64), Marselo (Texero, 64), Karvaxal (Danilo, 46), Kovachich (Lorente, 64), Kazemiro (E. Zidan, 64), Asensio (Febas, 64), Vaskes (Edegor, 64), Morata (Serxio Dias, 64), Mariano Dias.

"Chelsi": Begovich (Kurtua, 46), Ayna, Keyxill, Terri, Aspilikueta, Oskar (Chaloba, 46), Matich, Villian (Batshuayi, 46), Traore (Mozes, 76), Loftus-Chik (Kuadrado, 46), Pedro (Azar, 65). 

Boshqa yangiliklar