“Osiyo bolalari-2022”: sportchilarimiz navbatdagi medallarni qo`lga kiritishmoqda

Sport 31.07.2022, 09:14
“Osiyo bolalari-2022”: sportchilarimiz navbatdagi medallarni qo`lga kiritishmoqda

Ayni kunlarda Rossiya Federasiyasining Vladivostok shahrida VII “Osiyo bolalari” sport o`yinlari davom etmoqda.

Sportni rivojlantirish vazirligini xabar berishicha, uchinchi kungi bellashuvlarda ham sportchilarimiz medallar jamg`arishni boshlab yuborishdi.

Ulyana Nazmutdinova 100 metrga chalqancha suzishda 1.06.75 natija bilan bronza medalini qo`lga kiritdi.

Sportchilarimiz O`zbekiston delegasiyasiga navbatdagi medallar shodasini engil atletika sporti bo`yicha taqdim etishdi.

Engil atletikachilarimiz Rustam Abdullaev (100 m) oltin, Amir Ishonxodjaev (100 m), Karina Karimova (100 m), Islom Tilaboldiev (400 m) va Ruxshona Muhammadinova (3 000m) bronza medallarni qo`lga kiritishdi.

Terma jamoamiz hisobida yana ikki medal. Engil atletikaning uzunlikka sakrash dasturida qatnashgan hamyurtlarimiz Rustam Abdullaev oltin , Sarvar Meyliev esa kumush medalga sazovor bo`ldi.

Shu tariqa, “Osiyo bolalari” xalqaro sport o`yinlarida hozircha O`zbekiston terma jamoasi hisobida 13ta medal, ya`ni 4ta oltin, 4ta kumush va 5ta bronza bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1