1

Ravshan Ermatov Rossiya futbol ittifoqi hakamlari eksperti bo`ladi

Sport 01.08.2022, 14:26
Ravshan Ermatov Rossiya futbol ittifoqi hakamlari eksperti bo`ladi

O`zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti va sobiq hakam Ravshan Ermatov yaqin orada Rossiya futbol ittifoqining (RFI) Ekspert-hakamlar qo`mitasiga doimiy a`zo bo`ladi. Bu haqda Rossiyaning “Sport-ekspress”nashri xabar berdi.

Manbaga ko`ra, RFI bir necha obro`li sobiq hakamlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Ular kelajakda Rossiya futbol ittifoqining Ekspert-hakamlar qo`mitasiga a`zosi bo`lishi mumkin.

Ma`lumot uchun, 44 yoshli Ermatov faoliyati davomida jahon chempionatida 11 ta o`yin o`tkazgan va bu rekord ko`rsatkich hisoblanadi. Ravshan Ermatov 2015 yilda dunyoning eng yaxshi hakami deb topilgan. U 2019 yil oxirida hakamlik faoliyatini yakunlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1