Energetika vaziri o`rinbosari Sherzod Xodjaev shaharlar ichida yangi qurilayotgan ko`p qavatli uylar va elektr ta`minoti bilan bog`liq vaziyatlar haqida gapirib berdi:
– “Tabirkorlarimizning orasida ham ming afsus, juda ham ko`p yolg`on aralashadigan ishlar bor. Bitta misol keltirib beraman. Tadbirkor keladida aytadi. Men shu erga 4 ta ko`p qavatli uy quraman, deydi. Biz unga texnik shart berishimiz kerak. Imkonimiz yo`q, degan javob berolmaymiz. Imkon bor, faqat bu erda emas, masalan 3 km yoki 5 km naridan tarmoq tortib keling. Mana shu erda zahira quvvat bor.
Tadbirkor aytadi, men bu uylarni qachon qurib bitiraman, qachon sotaman, noma`lum. Hozir bu 5 km.dan tortib kelishga imkonim yo`q. Lekin siz menga texnik shartda shunday yozib beringki, qurilish davri uchun eng yaqin transformatordan olay, qurilish uchun ishlatay, qurilish bitgandan keyin to`liq elektr ta`minotiga o`tkazilganda siz aytgandek 5 km.dan tortib kelaman, deydi.
Tadbirkorga rad etishga haqqimiz yo`q. Qurilish davri uchun eng yaqin tuqtadan foydalanish uchun texnik shart beramiz. Kabelni tortadi, uyni quradi, sotadi, odamlar ko`chib keladi. Kondisioner o`rnatadi, televizor qo`yadi, boshqa elektr jihozlarini qo`yadi. Natijada u kabelning kuchi etmaydi.
Keyin aholi “svet” o`chdi, deb norozi bo`ladi. Sizga uyni sotgan tadbirkor infrastrukturasini oxirigacha etkazmasdan sotgan, desangiz, xalqimizda bitta tushuncha bor – chiroq yo`qmi mening uyimda, bu uyni qurgan odam ham aybdor emas, boshqa ham aybdor emas. Aybdor – davlatning elektr ta`minoti korxonasi, deydi.
Buni men hamma tadbirkor bir xil deyolmayman. Lekin mana shunday holatlar ham juda ko`p uchrayapti. Bu erda huquqiy bitta muammo bor. Doimiy elektr ta`minoti uchun deb so`ramagani uchun, vaqtinchalik deb so`ragani uchun rad etishga haqqimiz yo`q. Eng yaqin nuqtadan berishga majburmiz. Tadbirkorga yordam berishimiz kerak.
O`zi aslini olganda haqiqatdan ham uyni bitirib, hali bitmagan uyni asta-sekinlik bilan sotishni boshlaydi. Tushgan puliga tadbirkor tarmoq tortib kelishi kerak. Vijdonli tadbirkorlar shunaqa qilayapti, tortib keladi 5 km.dan. Lekin bunda qolib ketayotganlari ham bor.
Keyin nima deyiladi. Uyni sotib bo`ldi, tadbirkorning mulki emas, xonadonning egalari bor. Ular eshikni taqillatib kelgandan keyin elektr tarmoqlari tortish kerak. Hammasiga pul etkazolmaydi elektr tarmoqlari korxonasi. Keyin elektr o`chdi, degan e`tirozlar bo`ladi. Buni men o`zimni oqlash tuqtai nazardan gapirmayapman. Hozirgi kunda ishlab turgan noto`g`ri sxemani tushuntirib berayapman”, – dedi vazir o`rinbosari.