1

ShHT sammitida "Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston" temir yo`li qurilishi bo`yicha hujjat imzolanishi rejalashtirilmoqda

Siyosat 02.08.2022, 18:30
ShHT sammitida "Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston" temir yo`li qurilishi bo`yicha hujjat imzolanishi rejalashtirilmoqda

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b V.Norovning "O`zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya" muloqoti birinchi yig`ilishidagi nutqida keltirilgan.

V.Norov o`z nutqida turkiy xalqlar yashaydigan hududlar ming yillar davomida Sharq va G`arb, Shimol va Janub o`rtasida transport va savdo ko`prigi bo`lib xizmat qilganligini ta`kidlar ekan, shu sababli mamlakatlarimizning mintaqalararo transport yo`laklarini rivojlantirishga intilishi dolzarb ahamiyat kasb etishini aytadi.

" – Bugun biz "Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston" temir yo`l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish ustida faol ish olib bormoqdamiz.

Joriy yil 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo`lib o`tgan ShHT davlat rahbarlari sammitida tegishli uch tomonlama hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.

"Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston" temir yo`l koridorini Trans-Kavkaz yo`lagi bilan bog`lash mamlakatlarimiz o`rtasida yagona transport tarmog`ini yaratadi va Xitoydan Evropaga savdo geografiyasini kengaytiradi, deb hisoblaymiz.

Shuning uchun O`zbekiston Osiyodan Evropaga eng qisqa quruqlik yo`lini ta`minlaydigan Zangezur koridorini tiklashdan manfaatdor", – deydi V.Norov.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1