Rostov-Donda O`zbekistonning yangi bosh konsuli ish boshladi

Siyosat 05.08.2022, 11:06
Teglar: Rostov-Don, konsul
Rostov-Donda O`zbekistonning yangi bosh konsuli ish boshladi

Rostov-Don (Rossiya) shahrida O`zbekistonning yangi bosh konsuli Burxon Aliqulov o`z vazifasini bajarishga  kirishdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

Ma`lum qilinishicha, 40 yoshli  Burxon Aliqulov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Diplomatiya akademiyasi bitiruvchisi.

2004 yildan O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlab keladi. Ishni attashe lavozimidan boshlagan. 2020-2022 yillarda Tashqi ishlar vazirligining konsullik-huquqiy departamenti boshlig`i bo`lib ishlagan.

U 2019 yilda Rostov-Don shahrida O`zbekiston diplomatiya vakolatxonasini ochgan bosh konsul Rustam Qurbonboevni almashtirdi.

Bosh konsullikning konsullik okrugiga Rossiyaning Janubiy va Shimoliy Kavkaz federal okruglari kiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1