Yozning jaziramali kunlarida jonimizga oro kiradigan va salqinlik baxsh etadigan muzqaymoqlarni hamma birdek sevib iste`mol qilsa kerak. Biroq, ularni uy sharoitida ham tayyorlash mumkinligini ko`pchilik bilmaydi. Quyida uy sharoitida tayyorlanadigan 6 xil mazali muzqaymoqlarning reseptlarini keltirib o`tamiz.
Sutli-tvorogli muzqaymoq
Kerakli masalliqlar:
125 gramm yog`siz tvorog
2 ta tuxum
1 stakan sut (yog`lilik darajasi 1%)
2 dona qulupnay
Ta`bga ko`ra vanilinli shakar
Tayyorlash jarayoni:
Blenderda qulupnayni maydalaymiz. Tuxum oqini sarig`idan ajrattib olamiz. Tuxum oqini ko`pik holiga kelgunicha ko`pirtiramiz.
Vanilinli shakar qo`shamiz va ko`pirtirishda davom etamiz,sekin-asta bir xil massa hosild bo`lgunicha tvorrog va sutni qo`shib boramiz.
Tuxum sarig`ini qo`shamiz va yana ko`pirtiramiz. Hosil bo`lgan massaga qulupnayni solamiz. Muzqaymoqni to`la qotguniga qadar muzlatgichning muzxonasiga solib qo`yamiz. Bunda 3 soat ichida har 30 daqiqada uni aralashtirib turamiz.
Malinali eskimo
Kerakli masalliqlar:
300 gramm malina
1 stakan yogurt (uncha yog`li bo`lmagan)
Ta`bga ko`ra shakar
Tayyorlash jarayoni:
Malinani yuvib, quritamiz. Unga shakar qo`shamiz va bo`tqa hosil bo`lguniga qadar blenderda maydalaymiz. Yogurtni qo`shamiz va yana aralashtiramiz. Tayyor massani bir marta ishlatishga mo`ljallangan stakanlarga solamiz va muzlatgichaga qo`yamiz. Massani har soatda bir marta aralashtirib turamiz. To`liq muzlab bo`lmagan muzqaymoq haqiqiy eskimoga o`xshashi uchun unga cho`pchalar tiqib chiqamiz.
Bananli muzqaymoq
Kerakli masalliqlar:
2 ta banan
5 gramm maydalangan dolchin
100 ml yogurt (yog`lilik darajasi 2 foizdan oshmasligi kerak)
Ta`bga ko`ra shakar
Tayyorlash jarayoni:
Bananni bo`laklarga bo`lamiz. Ularni muzlatgichning muzxonasiga 1-1,5 soatga qo`yamiz. Bir muddat vaqt o`tgach, banan, yogurt, shakar va dolchinni blenderda bir xil massa hosil bo`lguncha aralashtiramiz. Tayyor bo`lgan massani to`la muzlagunicha muzlatgichga qo`yamiz.
Olmali sorbet
Kerakli masalliqlar:
2 ta olma
1/4 limon
1 choy qoshiq asal
0,5 choy qoshiq maydalangan dolchin
Tayyorlash jarayoni:
Olmani po`stidan tozalab olamiz, bo`laklarga bo`lib, yumshagunicha qaynatamiz. Olmani sovutib, uni blenderda maydalaymiz.
Asalga limon sharbati va dolchinni qo`shamiz.
Olmali massani asal va limonli massa bilan aralashtiramiz.
Sorbetni idishlarga solib, muzxonaga 1 soatga qo`yamiz.
Mevali muz
Kerakli masalliqlar:
1 ta kivi
3 dona qulupnay
1 ta o`rik
2 stakan ko`k choy
Ta`bga ko`ra shakar
Tayyorlash jarayoni:
Mevalarni mayda bo`laklarga bo`lamiz va ularni qoliplarga solib chiqamiz.
Ko`k choyga shakar qo`shamiz va sovutamiz. Maxsus qoliplarga choyni solamiz, unga mevalarni solib aralashtiramiz va muzxonaga 1-2 soatga qo`yamiz.
Muzqaymoqni dasturxonga tortishdan avval uni qolipdan ajratib olamiz.