Voqev joyiga FVB rahbariyati, IIB va SSB xodimlari etib borgan.
Bugun, 5 avgust kuni soat 18:23 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Seul ko`chasida joylashgan 12 qavatga mo`ljallangan qurilishi tugallanmagan binoda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra, 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji etib borgan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yong`in natijasida binoning 2 qavatida 140 kv.m maydonda qurilish maxsulotlari yonib zararlangan.
Yong`in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo`lish xolatlari yo`q.
"Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda",-deyiladi xabarda.