Sevimli

Vladimir Norov Buyuk Britaniya elchisi Tim Torlotni qabul qildi

Siyosat 06.08.2022, 12:58
Vladimir Norov Buyuk Britaniya elchisi Tim Torlotni qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tim Torlotni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi. 

Muloqot chog`ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ta`lim va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Qishloq xo`jaligi, engil sanoat, innovasiyalar, energetika, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish kabi yo`nalishlardagi aloqalarni kengaytirish bo`yicha takliflar ko`rib chiqildi.

Elchi Buyuk Britaniya hukumati mamlakatimizda so`ngi yillarda jamiyatning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarni qo`llab quvvatlashini ta`kidladi.

Afg`onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Buyuk Britaniya hukumatining tomonidan Afg`oniston mavzusi bo`yicha O`zbekiston tomoni bilan ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishdan manfaatdorligi ma`lum qilindi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, O`zbekiston TIV Ozarbayjonning Londondagi elchixonasiga qilingan hujum bo`yicha bayonot bergan edi. 

Sharhlar