AsosiyJamiyat

Nishon hokimi o`rinbosarining xizmat mashinasida odam urib ketgani bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi — Bosh prokuratura

'Nishon hokimi o`rinbosarining xizmat mashinasida odam urib ketgani bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi — Bosh prokuratura'ning rasmi

Sal avval Nishon hokimining birinchi o`rinbosari xizmat avtomobilida YTH sodir etib, 49 yoshli fuqaro o`limiga sababchi bo`lgani xabar qilingan edi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 30 iyul kuni soat taxminan 23:50 larda  xalqaro ahamiyatdagi A-380 avtomobil yo`lining 12 kilometri, ya`ni Qarshi tumani “Taxtapul” MFY hududida haydovchi B.E. boshqaruvida bo`lgan “Lacetti” rusumli avtomashina bilan yo`lni o`ng tomondan chap tamoniga qarab yo`lni piyodalar o`tishi uchun mo`ljallanmagan joyidan kesib o`tayotgan fuqaro Y.A.ni urib yuborib, yo`l-transport hodisasi sodir qilgan.          

Natijada piyoda Y.A. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.  

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi IIB xabarida.

Holatga Bosh prokuratura ham munosabat bildirdi.

Unga ko`ra, Nishon tumani hokimining birinchi o`rinbosari xizmat avtomobilida fuqaroning o`limi bilan bog`liq sodir etgan yo`l transport hodisasi yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Boshqa yangiliklar