“Osmondagi qiz” badiiy filmini suratga olishga tayyorgarlik ko`rilmoqda

Madaniyat 08.08.2022, 17:40
“Osmondagi qiz” badiiy filmini suratga olishga tayyorgarlik ko`rilmoqda

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan "Yoshlik" kinostudiyasi DUK tomonidan “Osmondagi qiz” murakkab postanovkali badiiy filmini suratga olishga tayyorgarlik ko`rilmoqda. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu film poytaxtimizdagi "Tashkent city" majmuasining qurilishi va unda ishtirok etayotgan minorali kran operatori Nargizaning hayot yo`li haqida hikoya qiladi.

Film ssenariy muallifi Yan Milenin, postanovachi rejissyor Anvar Madraimov.

Poytaxtliklar va poytaxt mehmonlarining ko`pchiligi "Tashkent City"ning katta taassurot uyg`otadigan bu qurilishiga qarab, bunchalik ulkan loyihani amalga oshirish naqadar qiyin ekanligi haqida o`ylab ko`rmagan bo`lsa kerak. Mislsiz vazifalar va katta mehnat talab etadigan bu maskanda tashabbuskor yoshlar, g`ayratli va mehnatsevar mutaxassislarning fidoyi mehnati mujassam. Film qurilish ishtirokchilarining fidokorligini namoyon etib beradi hamda tomoshabinlarga "Tashkent City"ning asl ko`lamini anglatib, uni to`liq his etishga yordam beradi.

Shuningdek, film yurtimizda ayollar ham katta muvaffaqiyatlarga erishishi mumkinligini ko`rsatib beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1