Doniyor G`aniev: "Hokimlarni deputat va senator bo`lish huquqidan mahrum qilish kerak"

Jamiyat 08.08.2022, 21:35
Doniyor G`aniev: "Hokimlarni deputat va senator bo`lish huquqidan mahrum qilish kerak"

Kuni kecha "Twitter" ijtimoiy tarmog`ida hokimlarning mahalliy kengashga rahbarlik qilishini Konstitusiyadan chiqarib tashlash masalasida audio chat o`tkazildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G`aniev hokimlarning mahalliy kengash deputatligiga saylanish huquqini cheklash kerakligini bildirdi.

"Konstitusiya qabul qilingach, bir qaror qonun hujjatlariga o`zgartirish kiritishga to`g`ri keladi. Aslida amaldagi qonunchilikka ko`ra, ijro hokimiyati organlariga deputatlikka saylanishi mumkin emas. Faqatgina hokimlarga istisno tariqasiga ruxsat etilgan. Saylov kodeksiga o`zgartirish kiritish chog`ida hokimlarning deputatlikka saylanish huquqini olib tashlab, kengash oldidagi hisobdorligi belgilanishi kerak. Mantiqan olib qaraganda, kengashlarning vazifasi bitta — ijro hokimiyatini nazorat qilish. 

Bu mantiqsizlik faqatgina mahalliy kengashda emas. Yuqori parlamentimizda ham buning qisman ta`siri bor. 14ta hududning rahbarlari bir paytning o`zida Senat vakili ham hisoblanishadi. Bu ham yuqoridagi masalaning uzviy davomi. Agar Saylov kodeksida ular deputat bo`lish huquqidan mahrum qilinadigan bo`lsa, o`z-o`zidan senator bo`lish vakolati ham bo`lmaydi. Bu esa xalq vakillarining ijro hokimiyati ustidan samarali nazorat o`rnatishida muhim rol o`ynaydi", — deydi G`aniev Twitter'dagi muloqot chog`ida.

G`anievning fikricha, Konstitusiyada hokim kengash raisi bo`lmaydi, deya yozib qo`yish bilan uning kengashga ta`siri yo`q bo`lib qolmaydi. Buning amaliy tomonlarini ham ta`minlash kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1