AsosiySUG'DIYONA
10494

Turkiyalik ikki ona farzandlari chizgan suratlar asosida o`ziga xos taqinchoqlarni yaratdi (Foto)

Turkiyalik Jasmin Erdin Tavukchu va Ozgur Karavit ismli ayollar farzandlar tarbiyasi bilan mehnat faoliyatini birga olib borishning eng qulay usulini topishdi, deb xabar berdi “Deti.mail.ru” nashri.

 

Ular farzandlari chizgan suratlarning namunasi asosida taqinchoqlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishdi. Bu g`oya yangilik bo`lmasa-da, ular o`z shaxsiy biznesini yo`lga qo`yib, muvaffaqiyatga erishdilar. Jasmin va Ozgur avvaliga faqatgina o`z farzandlarining suratlaridan foydalanishgan bo`lsa, keyinchalik boshqa ota-onalarning buyurtmasiga asosan ularning farzandlari suratlarini ham qabul qila boshlashgan. Bunday suratlar asosida yaratilgan zanjir kulonlari, to`g`nag`ichlar, bilaguzuklar ota-onalarga farzandlaridan bir umrga esdalik bo`lib qoladi. Taqinchoqlar asosan oltin suvi yugurtirilgan kumush va kumushdan qo`lda tayyorlanadi. Zargarlar ba`zida ularga lazer yordamida turli naqshlar ham solishadi. Taqinchoqlarni tayyorlash uchun bir hafta vaqt ketadi, ularning narxi esa 125$ dan 195$ gacha boradi.

“Suratlari asosida tayyorlangan taqinchoqlarni ko`rgan bolalar, juda xursand bo`lishadi, – deydi Jasmin The Huffington Post nashriga bergan intervyusida, – kattalar ularning san`atini qadrlayotganini ko`rgandan keyin, o`z mehnatlaridan faxrlanish tuyg`usi uyg`onadi”.

Boshqa yangiliklar