Vazirlikka tadbirkorlar transport xarajatlarini qisqartirish vazifasi qo`yildi
Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston mahsulotlari 32 ta yangi bozorlarga kirib bordi. Jahon sa...
Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston mahsulotlari 32 ta yangi bozorlarga kirib bordi. Jahon savdo tashkilotiga kirish bo`yicha ishlar ham jadallashmoqda.
Qayd etilishicha, mahsulotlar xorijga, asosan, 9 ta transport yo`lagi orqali tashiladi.
Taqdimotda har bir transport yo`lagi bo`yicha dolzarb masalalar va ularni hal etish bo`yicha takliflar muhokama qilingani aytiladi.
"Transport sohasini rivojlantirish iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish uchun muhim zamin. Transportda yuk tashish tannarxi past bo`lsa, ham eksport, ham investisiya ko`payadi", – deydi Shavkat Mirziyoev.
Tadbirda transport vazirligiga tadbirkorlar uchun eng maqbul yo`llarni taklif etish va ularning transport xarajatlarini qisqartirish vazifasi qo`yilgan.
Evropaga eksport yuklarini tashish uchun qo`shimcha ruxsatlar olish muhimligi ta`kidlangan. Avtomobilda yuk tashish uchun Pokiston va Turkmaniston bilan qo`shma transport kompaniyalari tashkil etish taklifi bildirilgan.
“Qo`ng`irot-Beynov” xalqaro avtomobil yo`li rekonstruksiyasini jadallashtirish, yuk vagoni ishlab chiqarish quvvatlarini to`liq ishga solish bo`yicha ko`rsatmalar ham berilgani ta`kidlanadi.
Samarqandda Malibu 2 haydovchisi piyodalarga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf ostida qoldirdi. Haydovchiga nisbatan yo‘l bezoriligi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Maʼlum qilinishicha, “Hududgaz Fargʻona” gaz taʼminoti filiali komplaens nazorat tuzilmalari, shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Qoʻqon shahrida nazorat tadbiri oʻtkazgan.
Bosh konsulxona ko‘magida O. V. ga “Yekaterinburg – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta olib berilib, uning O‘zbekistonga xavfsiz qaytishi ta’minlangan.