1

O`zbekiston va Tojikiston harbiylari chegarani buzib kirmoqchi bo`lgan shartli dushman to`dalarini yo`q qildi

Jamiyat 10.08.2022, 17:21
O`zbekiston va Tojikiston harbiylari chegarani buzib kirmoqchi bo`lgan shartli dushman to`dalarini yo`q qildi

10 avgust kuni O`zbekiston va Tojikiston mudofaa vazirlari Bahodir Qurbonov va Sherali Mirzo hamda Surxondaryo viloyati hokimi To`ra Bobolov «Hamdo`stlik-2022» o`quvining asosiy bosqichini kuzatdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati darakchi.uz`ga.

Birgalikdagi o`quv g`oyasiga ko`ra ikki davlat chegarasini buzib kirmoqchi bo`lgan shartli dushman to`dalariga motoo`qchi, tank, artilleriya va boshqa jangovar bo`linmalar tomonidan aniq zarbalar berilgan.

Amaliy o`quv yakunida O`zbekiston va Tojikiston Respublikalari mudofaa vazirlari «Hamdo`stlik—2022» birgalikdagi o`quv ishtirokchilari va tashkilotchilarini erishilgan yutuqlar bilan tabriklashdi. 

Jarayonlarda faol qatnashgan har ikki davlat harbiy xizmatchilari O`zbekiston va Tojikiston Respublikalari mudofaa vazirliklari tomonidan ta`sis etilgan medallar, esdalik nishonlari va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandilar.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1