“Hindistonda g`olib bo`lgan shaxmatchilarimizni davlat mukofotlari bilan taqdirlaymiz” — Prezident

Jamiyat 10.08.2022, 17:34
“Hindistonda g`olib bo`lgan shaxmatchilarimizni davlat mukofotlari bilan taqdirlaymiz” — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoev 10 avgust kuni Toshkent arxitektura qurilish institutiga tashrif buyurib, shaxmat olimpiadasida g`olib bo`lgan o`zbekistonlik shaxmatchilar haqida gapirgan. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullaev xabar berdi.

“Shaxmatga oid 3 yilda uchta qaror qabul qildik. Nima uchun? Biz 20 yil davomida bu sohada kechikkanimiz uchun qarorlarni qabul qildim. 2026 yilgi shaxmat Olimpiadasiga endi barcha boshqacha tayyorgarlik ko`radi. “Biz chempionlar yurtiga boryapmiz”, deyishadi.  

Ularga katta mukofotlar bersak boshqalar uchun ham bu motivasiya bo`ladi. Hamma ota-onalar farzandlarini shaxmat to`garaklariga berishni boshlaydi. 

Ularga davlat mukofotlarini ham beramiz. Bundan tashqari, avtomobil berishni ham rejalashtirdik. Axir ularning bokschilardan nimasi kam?”, - degan davlat rahbari.

Shuningdek, Prezident 5 avgust kuni imzolagan qarorga binoan shaxmatchilarga 600 milliondan berilishini qo`shimcha qilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1