1

Toshkentdagi istirohat bog`laridan birida suratkash hamkasbini pichoqlab qo`ydi

Jamiyat 11.08.2022, 15:04
Toshkentdagi istirohat bog`laridan birida suratkash hamkasbini pichoqlab qo`ydi

Toshkentdagi istirohat bog`laridan birida suratkash boshqa bir hamkasbini pichoqlab qo`ydi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, 6 avgust kuni kechqurun  istirohat bog`ida faoliyat yuritayotgan ikki suratkash o`rtasida janjal yuz bergan. Oqibatda Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 20 yoshli fuqaro Sh.D. hamkasbi 25 yoshli H. K. ga o`tkir tig`li oshxona pichog`i bilan jarohat etkazgan.

Voqea joyiga etib kelgan Ichki ishlar organi xodimlariga fuqaro Sh.D tomonidan qattiq qarshilik ko`rsatilgan. Shundan so`ng, xodimlar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini yordamga chaqirgan va fuqaro qo`lga olingan.

Jarohatlangan fuqaro H.K. ga tibbiy yordam ko`rsatilgan va hozirda uning salomatligi qoniqarli.

Huquqbuzar Sh.D ga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik) va 194-moddalari (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) moddalari bo`yicha jazo turi qo`llanilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1