Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekistondan qiymati 1,9 mlrd. AQSh dollariga teng to`qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
Bu umumiy eksport hajmining 17,0 % ni tashkil etib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 19,2 % ga o`sgan.
O`zbekistondan 7 oy davomida dunyoning 67 ta davlatiga to`qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
To`qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi:
- Paxtadan yigirilgan ip – 982,2 mln.
- Tayyor trikotaj va tikuvchilik mahsulotlari – 481,9 mln.
- Naqshli mato – 179,3 mln.
- Paxtadan gazlamalar – 87,7 mln.
- Ipak va ipak mahsulotlari – 37,5 mln.
- Paxta mahsulotlari – 28,9 mln.
- Gilamlar – 18,4 mln.
- Boshqa to`qimachilik mahsulotlari – 84,1 mln. AQSh dollari