1

Toshkentda Wi-Fi o`rnatmoqchi bo`lgan montajchini tok urib, halok qildi

Jamiyat 11.08.2022, 22:48
Toshkentda Wi-Fi o`rnatmoqchi bo`lgan montajchini tok urib, halok qildi

Bugun, 11 avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida erkak bino tomida tok urishi oqibatida vafot etgan, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri. 

Hodisa kamera ob`ektivlariga muhrlanib qolgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma`lum qilishicha, marhum (provayder montajchisi) buyurtma asosida avtomobillarga xizmat ko`rsatish shoxobchasiga kelgan. U bino tomiga chiqib, Wi-Fi tarmog`ini o`rnatmoqchi bo`lgan vaqtida, tok urishi oqibatida vafot etgan.

"Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1