1

Bugun havo harorati 32-37° bo`ladi - "O`zgidromet"

Jamiyat 12.08.2022, 08:10
Bugun havo harorati 32-37° bo`ladi - "O`zgidromet"

Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 32-37 daraja atrofida bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 34-36° bo`ladi.

Tog`li hududlarda Namangan va Farg`ona viloyatlarining tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Namangan va Farg`ona viloyatlari tog` oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati 22-27° bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1