1

Shaxmat olimpiadasi g`oliblariga pul mukofotlari berildi (foto+video)

Jamiyat 13.08.2022, 00:57
Shaxmat olimpiadasi g`oliblariga pul mukofotlari berildi (foto+video)

12 avgust kuni Sport vazirligida o`tgan tadbirda Chennay shahrida o`tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni bo`lgan O`zbekiston terma jamoasi a`zolariga Prezident farmoniga muvofiq 600 mln so`mdan pul mukofotlari topshirildi.

U naqd shaklda bo`lib, 200 ming so`mlik yangi kupyuralarda taqdim etildi. 

Ma`lum bo`lishicha, taqdirlash marosimi Sportni rivojlantirish vazirligida bo`lib o`tgan.

Tadbirda sport vaziri o`rinbosari M.Ismoilov, Yoshlar ishlari agentligi direktori, shaxmat federasiyasi raisi A.Sa`dullaev, federasiya raisining birinchi o`rinbosari X.Turdaliev hamda chempion shaxmatchilar – Nodirbek Yoqubboev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov va Jahongir Vohidov hamda ularning ota-onalari ishtirok etgani aytiladi.

Alisher Sa`dullaev sal avval jarayonda ishtirok etgani, pul mukofotlari topshirilgani bilan bog`liq videoni ham elon qildi.

Eslatib o`tamiz, musobaqada 162 ta jamoa orasida 31-o`rinni egallagan O`zbekiston ayollar terma jamoasi a`zolari esa “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi. Qolaversa, chempion shaxmatchilarimizning har biriga bittadan "Equinox" avtomobili sovg`a qilindi. Terma jamoa murabbiylari Egin Vladimir Nikolaevich va Ivan Sokolov “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Mavzuga doir:

Eksklyuziv videoreportaj: "Bizning jamoamiz hech qaysi davlatdan kam emasligini isbotlab qo`ydi" – Nodirbek Abdusattorov

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1