Qashqadaryoda ikki qishloq aholisi o`rtasida janjal yuzaga keldi (video)

Jamiyat 14.08.2022, 16:12
Qashqadaryoda ikki qishloq aholisi o`rtasida janjal yuzaga keldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Dehqonobod tumanidagi ikki qishloq aholisi o`rtasida janjal yuzaga kelgani, bunga kavrak sabab bo`lgani haqidagi video tarqaldi. 

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, vaziyat shu yilning 10 avgust kuni "Tarqopchug`ay" MFY ga qarashli Bo`ztepa qishlog`iga yondosh Sebatli hududida ro`y bergan. 

"Ushbu janjal kavrak shirasini yig`ish istagida bo`lgan shaxslar o`rtasidagi o`zaro kelishmovchiliklar tufayli kelib chiqqan",-deydi boshqarma.

Qayd etilishicha, mazkur masala yuzasidan ayni paytda Ekologiya qo`mitasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi va tuman bo`limi, tuman hokimligi, tuman prokuratura, adliya, tuman IIB, tuman qishloq xo`jaligi bo`limi, tuman mehnat va bandlik bo`limi, kadastr palatasining tuman filiali mas`ullari ishtirokida ishchi guruh tashkil etilib, o`rganish ishlari olib borilmoqda. 

Holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumotlar taqdim etilishi aytiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1