1

"Testologiya qoidalariga zid emas!"

Jamiyat 14.08.2022, 19:00
"Testologiya qoidalariga zid emas!"

Fizika fanidan test topshiriqlari Turkiyadan shundayligicha ko`chirilgani aytilgan xabarga munosabat bildirildi.

Ma`lum qilinishicha, telegram kanallarda Davlat test markazining fizika fanidan ekspertlari tanqid qilinib, fizika fanidan ayrim test topshiriqlari Turkiyadan shundayligicha ko`chirib olingani aytilgan.

"Qayd etish kerakki, fizika fanidan keltirilgan test topshiriqlari turk tilidagi test topshiriqlaridan yoki boshqa manbalardan ko`chirib olinmagan. Balki xorijiy tashkilotlar tomonidan tuzilgan test topshiriqlari o`rganilib, ulardan g`oya olingan holda yangi test topshiriqlari shakllantirilgan. Bu testologiya qoidalariga va mualliflik huquqiga zid emas",-demoqda DTM markaz.

Qayd etilishicha, markazning ekspertlari tomonidan tuzilgan test topshiriqlari xorijiy manbalardagi savollar bilan bir xil emas va ular O`zbekistondagi davlat ta`lim standartlari hamda o`quv dasturlari asosida tuzilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1