1

Toshkentda boshqaruvni yo`qotgan haydovchi mashinasi ikkiga bo`linib ketdi

Jamiyat 14.08.2022, 19:25
Toshkentda boshqaruvni yo`qotgan haydovchi mashinasi ikkiga bo`linib ketdi

Hodisa bugun sodir bo`lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, 14 avgust kuni  soat  taxminan  07:30 larda,  Toshkent shahar  Sirg`ali  tumanida yashovchi  2002 yilda tug`ilgan  fuqaro  P.I. Vaz 2106  rusumli transport  vositasini  Sirg`ali tumani  Yangi Sirg`ali  ko`chasi  bo`ylab  avtomashinalar  sotuvi  bozori  tomondan janubiy temir yo`l vokzali tomonga harakatlanayotib, “Turon” savdo majmuasi   binosi  qarshisida  rul  boshqaruvini  yo`qotib  daraxtga  urilgan.

Yo`l transport hodisasi   natijasida haydovchi tan jarohati olib  shifoxonaga  yotqizilgani aytiladi.  

"Holat yuzasidan  tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib  hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1