AsosiyJamiyat

Navoiydagi istirohat bog`ida yong`in chiqdi

'Navoiydagi istirohat bog`ida yong`in chiqdi'ning rasmi

Hodisa 11 avgust kuni O`zbekiston shoh ko`chasida joylashagan “Madaniyat" istirohat bog`i kirish qismida sodir bo`lgan.

Unga 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Ular soat 15:18 da hodisa joyiga etib borib, yong`in soat 15:19 da o`rab olingan va soat 15:21 da o`chirilgan.

"Yong`in natijasida istirohat bog`iga kirish arkasining 3 kv.m maydonida shift qismi yonib zararlangan",-deyiladi FVV xabarida.

Ma`lum bo`lishicha, tezkor harakatlar natijasida arkaning 25 kv.m. maydoni yong`indan saqlab qolingan.  

Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar