1

Toshkentda mast erkak profilaktika inspektorlarini pichoq bilan quvladi (video)

Jamiyat 15.08.2022, 11:19
Toshkentda mast erkak profilaktika inspektorlarini pichoq bilan quvladi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shaxrining Yangi hayot tumanida tungi xizmatga jalb qilingan Profilaktika inspektorlarini  mast fuqaro pichoq bilan quvlab, ularga tan jarohati etkazganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma`lum qilishicha, 13 avgust kuni soat 23.00da tungi xizmatda bo`lgan Yangihayot tumani IIB ikki nafar profilaktika inspektorlari tushgan xabarga ko`ra, xonadonlarning biriga borishgan.  

Xonadonda etib kelgach, probasiya xizmatida hisobda turuvchi 35 yoshli mahkum mast holda turmush o`rtog`i bilan janjallashib, quvib yurganini ko`rishgan va uni tinchlantirmoqchi bo`lishgan.

Biroq, mahkum ularga faol qarshilik ko`rsatgan va bu jarayonga uning turmush o`rtog`i hamda onasi aralashib, profilaktika inspektorlari xizmat kiyimlarini yirtishgan.  

Shu paytda mahkum uyidan oshxona pichog`ini olib chiqib, ikkala qo`li bilak sohasini kesib o`ziga tan jarohati etkazgan va profilaktika inspektorlariga pichoq bilan tahdid qilib, quvlagan.

Shu vaqt, profilaktika inspektorlari tomonidan qo`shimcha yordam hamda tez tibbiy yordam xodimlari chaqirilgan va jabrlangan mahkum shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1