AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga tabrik yo`lladi

'Shavkat Mirziyoev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga tabrik yo`lladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modini ushbu mamlakat mustaqilligining 75 yilligi munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi. 

Qutlovlarda, jumladan, so`nggi yillarda O`zbekiston-Hindiston strategik sherikligi barcha ustuvor sohalarda izchil kengayib borayotgani qayd etilib, birgalikdagi sa`y-harakatlar bilan  hamkorligimiz kelgusida ham do`st xalqlarimiz manfaatlari yo`lida taraqqiy etib borishiga ishonch bildirilgan.

Davlatimiz rahbari Hindiston xalqiga tinchlik, ravnaq va farovonlik tiladi.

    Boshqa yangiliklar