AsosiyJamiyat

Britaniya pasporti bilan O`zbekistonga kirmoqchi bo`lgan afg`onlar Toshkent aeroportida qo`lga olindi

'Britaniya pasporti bilan O`zbekistonga kirmoqchi bo`lgan afg`onlar Toshkent aeroportida qo`lga olindi'ning rasmi

Bu haqda O`zbekiston IIV Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti matbuot xizmati xabar bergan.

Ta`kidlanishicha, tekshiruv davomida reysdan chetlatilgan yo`lovchilar o`zlarini Afg`oniston Islom Respublikasi fuqarolari sifatida tanishtirishadi. Ma`lum bo`lishicha, ular Tojikiston Respublikasi hududida Buyuk Britaniya fuqarolarining soxta milliy pasportlarini noqonuniy ravishda sotib olib, O`zbekiston Respublikasidan Londonga ketmoqchi bo`lishgan.

Qo`lga olinganlarga nisbatan JK 228-moddasi 2 va 3-qismlari "b" bandi, shuningdek, 223-modda 2-qismi "b" va "v" bandlari bilan 25-modda (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish; bir guruh shahslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda O`zbekistondan chet elga noqonuniy chiqishga urinish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar