Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Rossiyada neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish faoliyati bilan shug`ullanuvchi "Eriell Neftegazservis" korxonasi o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga muvofiq Novy Urengoy shahrida katta yuk avtomobillari haydovchisi ("SE" toifadagi haydovchilik guvohnomasi) mutaxassislari ishga taklif etiladi.
- oylik ish haqi 86 ming rubldan boshlanadi;
- yashash joyi, ovqatlanish, transport va patent rasmiylashtirish xarajatlari ish beruvchi hisobidan.
Nomzodlarga qo`yilgan talablar:
- 50 yoshgacha;
- KAMAZ va URAL markali tirkamali va yarim tirkamali yuk avtomobillarini haydashda kamida 3 yillik ish tajriba;
- rus tilini bilishi;
- sudlanmagan bo`lishi;
- O`zbekistondan chiqishga va Rossiya hududiga kirishga taqiq qo`yilmagan bo`lishi;
- "Eriell Neftegazservis" tashkilotida kamida 1 yil ishlab berishga tayyor bo`lish.
Nomzodlar 2022 yil 17 avgust soat 18:00 ga qadar ro`yxatdan o`tishi mumkin.
Eslatma:
Rossiya Federasiyasi namunasidagi haydovchilik guvohnomasi olish uchun fuqarolar O`zbekiston hududida 1 oy davomida ish beruvchi hisobidan o`qitiladi.