1

Toshkentda qo`lga olingan Turkiya fuqarosi ekstradisiya qilindi

Jamiyat 16.08.2022, 15:51
Toshkentda qo`lga olingan Turkiya fuqarosi ekstradisiya qilindi

O`zbekiston IIV Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari xalqaro qidiruvda bo`lgan Turkiya fuqarosini ekstradisiya qildi. Bu haqda byuro matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Interpolning O`zbekiston Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan mamlakat hududida muhrlarga qasddan zarar etkazish va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog`liq huquqbuzarlik uchun qidiruvda bo`lgan Turkiya fuqarosi qo`lga olingan.

Bosh prokuratura tomonidan ekstradisiya qilish to`g`risidagi so`rov qanoatlantirilgandan so`ng, Turkiyadan kuzatuv guruhi Islom Karimov nomli xalqaro aeroportga etib kelgan va shu erda Interpolning Anqara Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1