Toshkent metrosida poezd to`xtab qoldi (video)

Jamiyat 16.08.2022, 21:23
Toshkent metrosida poezd to`xtab qoldi (video)

Bugun, 16 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda bu bilan bog`liq video tarqaldi.

Qayd etilishicha, soat 17:33 lar atrofida "Chorsu" bekatidan "Tinchlik" bekatiga harakatlanayotgan 33-sonli harakat tarkibining vagonlarini yorug`lik chiroqlari bilan ta`minlash tizimida qisqa muddatli nosozlik yuzaga kelgan.  

"Toshkent metropoliteni" DUK bu haqda xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha, mashinist belgilangan yo`riqnomaga asosan harakat tezligini pasaytirib, "Tinchlik" bekatiga kirib kelgan va yo`lovchilarni shu bekatda qoldirgan. 2 daqiqadan so`ng ortdan kelgan 31-sonli harakat tarkibi bekatdagi barcha yo`lovchilarni "Beruniy" bekatigacha olib borgan.

"Hozirda barcha poezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda",-deyilmoqda keltirilgan noqulaylik uchun barcha yo`lovchilardan uzr so`raymiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1