1

22-27 avgust kunlari Toshkentda futbol va mini-futbol bo`yicha DXX Kubogi final bosqichi o`tkaziladi

Jamiyat 16.08.2022, 22:36
22-27 avgust kunlari Toshkentda futbol va mini-futbol bo`yicha DXX Kubogi final bosqichi o`tkaziladi

Joriy yilning aprel-iyul oylarida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan futbol va mini-futbol bo`yicha an`anaviy tarzda o`tkazilib kelinayotgan DXX Kubogi uchun shahar, tuman va viloyat bosqichi o`yinlari tashkil etildi. 

Musobaqaga respublika buylab 16-30 yosh oralig`idagi yoshlar, shuningdek, barcha olis va chekka hududlardagi mahalla yoshlari jalb qilinib, 18.629 ta jamoalar (futbol – 9.281 ta va mini futbol – 9.348 ta) ishtirok etdi, musobaqa jami 241.976 nafar yoshlarni qamrab oldi, deya xabar bermoqda DXX matbuot xizmati darakchi.uz'ga.

Qayd etilishicha, tuman, shahar hamda viloyat bosqichlarida g`oliblikni qo`lga kiritgan eng kuchli 28 ta jamoa 22-27 avgust kunlari Toshkentdagi “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli stadionda DXX Kubogi uchun o`zaro bellashadi. Kubokning final o`yinlari esa 27 avgust kuni poytaxtning “JAR” sport kompleksida 18:30 da o`tkaziladi. 

Birinchi o`rinni egallagan jamoaga ular istiqomat qiladigan mahallada zamonaviy mini-futbol maydoni, ikkinchi o`rin uchun universal sport maydoni hamda uchinchi va to`rtinchi o`rinlarni qo`lga kiritgan jamoalarga esa ular yashaydigan mahallarida “stritbol” maydonlari qurib beriladi. 

Eslatib o`tamiz, “Sog`lom yoshlar-yangi O`zbekiston kelajagi” shiori ostida o`tkazilayotgan ushbu musobaqalardan maqsad yoshlar orasida sportga bo`lgan qiziqishni yanada orttirish, ular orasidan iqtidorlarni kashf qilish va sog`lom turmush tarzini targ`ib qilishdir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1