AsosiySport

Konya-2021: o`zbek qilichbozlari oltin medalni qo`lga kiritdi

'Konya-2021: o`zbek qilichbozlari oltin medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o`yinlari davom etmoqda.

Konya o`zbek qilichbozligining yana bir g`alabasiga shohid bo`lmoqda. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, rapira dasturida erkaklar o`rtasida jamoaviy bahsda ishtirok etgan yigitlarimiz finalda mezbonlarni 45:36 hisobida mag`luboyatga uchratib, oltin medallarga sazovor bo`lishdi.

    Boshqa yangiliklar