1

Samarqandda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Jizzaxdagi avtohalokatda 2 kishi vafot etdi

Jamiyat 17.08.2022, 18:13
Samarqandda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Jizzaxdagi avtohalokatda 2 kishi vafot etdi

Samaqarndda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Samarqand vilyaoti IIB matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, kecha, 16 avgust kuni soat 20:10 lar atrofida Qo`shrabot tumani xududidan o`tuvchi 4R-55 avtomobil yo`lining 20 km.da 5ta engil transport vositalari o`rtasida yo`l-transport xodisasi sodir bo`lgan. Natijada 2 nafar xaydovchi va 1 nafar yo`lovchi tibbiyot birlashmasiga murojat qilgan. Mazkur xolat yuzasidan Qo`shrabot tumani IIB YHXG tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Jizzaxda esa inson o`limi bilan bog`liq YTH sodir bo`ldi. Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 8 avgust kuni soat 02:30 larda M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo`lining Sharof Rashidov tumani Yoyilma mahallasi hududidan o`tgan 971-kilometrida Zarbdor tumanida yashovchi, 1999 yilda tug`ilgan fuqaro Optra rusumli mashinani Toshkent yo`nalishi bo`yicha boshqarib ketayotganda mashina shinasi havoni qo`yib yuborgan. Shundan so`ng haydovchi boshqaruvni yo`qotib, mashina yo`l chetiga chiqib ketgan.

Hodisa oqibatida mashina salonida bo`lgan ikki nafar fuqaro og`ir tan jarohatlari olib, ulardan biri voqea joyida, yana biri esa shifoxonada vafot etgan. Mashinada bo`lgan yana bir fuqaro og`ir tan jarohatlari bilan shifoxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1